
We provide Muqaddas Kitob online (apkid: apple.org.ibt.uzbek.muqaddas.kitob.lotin) in order to run this application in our online Android emulator.
Description:

iPhone app Muqaddas Kitob download it using MyAndroid.
Muqaddas Kitob
Zamonaviy ozbek tilidagi tarjima, izohlar va qoshimcha malumotlar ilova qilingan
Mazkur ilova ozbek tilidagi Muqaddas Kitobning, yani Bibliyaning kirill va lotin yozuvidagi variantlaridan iborat.
Kitobxon oziga qulay bolgan yozuvdagi matnni tanlashi mumkin.
Shuningdek, u bir vaqtning ozida ham kirill, ham lotin yozuvidagi matnni ochib oqish imkoniyatiga ega.
Muqaddas Kitobning boshqa elektron formatlari:
http: //www.ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob aslida ibroniy, oramiy va yunon tillarida yozilgan va ozbek tiliga osha tillardan tarjima qilingan.
Mazkur tarjimaga har bir kitobga kirish, sarlavhalar, izohlar, lugat, rasmlar, jadvallar va xaritalar ilova qilingan.
Muqaddas Kitobning tarjima jarayoni, uni chuqur organish uchun berilgan ushbu manbalar bilan, shuningdek, u haqda yana boshqa malumotlar bilan tanishishni istasangiz, mazkur ilovaga kiritilgan Sozboshi va Muqaddas Kitobga kirish qismlariga murojaat eting.
Quyidagi malumot 2016 yilda nashr qilingan Muqaddas Kitobning Sozboshidan olingan:
Mazkur Kitob ikki ming yildan oshiq davr mobaynida muqaddas deb etirof etilgan bitiklarning ozbek tiliga qilingan birinchi toliq tarjimasidir.
Muqaddas Kitob Eski va Yangi Ahd bitiklaridan iborat.
Bular tarkibida ozbek kitobxonlariga yaxshi tanish bolgan Tavrot, Zabur, Injil, shuningdek Paygambarlar bitiklari bor.
1992 yili Yangi Ahd kitoblari ozbek tilida Injil nomi ostida ilk bor toliq holda chop etilgan edi.
Injil kitobining ilk tarjima matni chop etilgandan keyin ham jiddiy tahrir qilindi va mazkur nashrga kiritildi.
Ushbu tarjima ustida mutaxassislar yigirma yildan koproq mehnat qildilar.
Nihoyat, Muqaddas Kitob toliq holda Ozbekiston Respublikasining davlat tilida chop etildi.
Muqaddas Kitobda bayon qilingan aksariyat voqealar garbiy Osiyoda bolib otgan bolsada, undagi bebaho hikmatlar dunyo boylab yoyilib, koplab xalqlar madaniyatini yanada boyitdi.
Insoniyat tarixida Muqaddas Kitobdan kora kop tarjima qilingan kitob yoq.
Muqaddas Kitob jahon madaniyatining klassik merosi hisoblanadi.
Butun jahonda adabiyotning yuksak namunasi sifatida qadrlanadigan mazkur Kitob Xudoning insoniyat bilan bolgan munosabati tarixi haqida soz yuritadi.
Shu bois Kitob asrlar davomida odamlarga Yaratuvchi bilan hamda birbirlari bilan yarashish yolini korsatib kelmoqda.
Tarjimonlar guruhi mazkur Kitobga jiddiy ilmiy ish sifatida yondashganlar.
Ular Kitob tarjimasi yuzasidan chuqur tadqiqotlar olib borib, oz oldilariga qoyilgan vazifalarni nihoyatda diqqatetibor bilan bajarganlar.
Buni nafaqat matnning ozidan, balki kitobxonning bilimini oshirish uchun kitobga ilova qilingan qoshimcha malumotlardan ham korishingiz mumkin.
Shu bilan birga, tarjima uslubiga ham katta etibor berilgan, matn zamonaviy kitobxonlarimizga tushunarli bolishi uchun tabiiy va sodda tilda tarjima qilingan.
Muqaddas Kitobda bayon qilinishicha, Xudo har bir odamni Oziga chorlaydi, Xushxabarning magzi ham asosan ana shundan iborat.
Iso Masih yer yuziga kelib, xochdagi olimi va olikdan tirilishi orqali bizga Xudo bilan yarashish imkonini berdi.
Xudoning mangu sevgisi Iso orqali osmondan zaminga tushib keldi.
Iso Xudoning felatvorini insoniy madaniyat va til orqali bizga namoyon qildi.
Shuning uchun biz Xudoning qanday felatvorga ega ekanini bila olamiz.
Umid qilamizki, Muqaddas Kitobning mazkur tarjimasi koplab kitobxonlarimizni Xushxabar orqali Xudo bilan yarashtiradi.
Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016
MyAndroid is not a downloader online for Muqaddas Kitob. It only allows to test online Muqaddas Kitob with apkid apple.org.ibt.uzbek.muqaddas.kitob.lotin. MyAndroid provides the official Google Play Store to run Muqaddas Kitob online.
©2025. MyAndroid. All Rights Reserved.
By OffiDocs Group OU – Registry code: 1609791 -VAT number: EE102345621.